“Xonobod” chegara postidan yuk oʻtkazish boʻyicha kelishuvni yakunlash va yonida logistika markazini qurish topshirildi

    Bugungi kunda tadbirkorlar 176 kilometr ortiqcha yoʻl bosib, Xoʻjaoboddagi “Doʻstlik” chegara posti orqali eksport qilishga majbur.

    Bu borada besh oy oldin “Xonobod” va “Mingtepa” chegara postlari ochildi. Ushbu chegara postlaridan yuk oʻtkazish yoʻlga qoʻyilganidan keyin masofa 3,5 barobargacha qisqaradi, “Doʻstlik” chegara postiga yuk avtomashinalari yuklamasi kamayadi.

    Shu munosabat bilan mutasaddilarga “Xonobod” chegara postidan yuk oʻtkazish boʻyicha kelishuvni yakunlash va yonida logistika markazini qurish, Uchqoʻrgʻon (Namangan) – Kentsay (Qirgʻiziston) chegara posti qurilishini tamomlab, toʻliq ishga tushirish topshirildi.

    Shuningdek, Oltinkoʻl, Xoʻjaobod, Shahrixon, Boʻston, Andijon va Asakadagi yoʻl boʻyida xizmatlarni rivojlantirish choralarini koʻrish vazifasi qoʻyildi.