Xizmatlarga boʻlgan talabni ragʻbatlantirish uchun 2026-yilda sohaga 85 trillion soʻm kredit, 9 trillion soʻm subsidiya ajratiladi. Xususan, taʼlim xizmatlari uchun budjetdan 7 trillion soʻm beriladi.

Keyingi besh yilda xorijiy turistlar sonini 2 karra oshirish, turizm xizmatlari hajmini esa 20 milliard dollarga yetkazish boʻyicha katta marra olinmoqda. Shu maqsadda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Samarqandda Bibixonim, Registon majmualari, Amir Temur maqbarasi, Ulugʻbek rasadxonasi, Shohi Zinda va Afrosiyob muzeyini bir-biri bilan bogʻlaydigan zamonaviy yoʻlak va koʻpriklar barpo etiladi.

Shahrisabzda Gʻyelon yirik turistik majmuasining birinchi bosqichi ishga tushiriladi. Pop tumanida Arashan togʻ dam olish turistik zonasi tashkil etiladi.

Xivadagi Ichanqalʼa immersiv, yaʼni jonli va “aqlli” muzey-shaharga aylantiriladi.

Xorazm va Qoraqalpogʻistondagi arxeologik yodgorliklar boʻylab yirik turizm halqasi tashkil etiladi.