Rossiya tomoni Tula o‘lkasidagi yirik salohiyatli ish beruvchilar bilan aloqalar o‘rnatishda, bugungi kunda talab etilayotgan mutaxassisliklar bo‘yicha ishga jalb qilishda ko‘maklashishini bildirdi.

Shuningdek, yengil sanoatda kadrlar yetishmasligi, ayniqsa bugungi kunda 1 ming 300 nafar tikuvchi zarurligi va o‘quv markazi tashkil etish yoki mavjudlariga o‘qitishga hamda kelgusida ishga joylashtirishda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olindi.