Ushbu elektr stansiya yiliga 1,4 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Qurilmalarning energiya tejamkorligi hisobiga yiliga 175 million metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.

Tejalgan tabiiy gazga qoʻshimcha 800 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoni yaratiladi, buning natijasida (ushbu 800 million kilovatt-soat elektr energiyasi bilan) qoʻshimcha ravishda bir yil davomida 350 ming xonadonni elektr energiyasi bilan taʼminlash imkoni yaratiladi.

Umumiy qiymati 105 million AQSH dollariga teng boʻlgan mazkur loyiha Turkiyaning “Odaş Enerji CA” kompaniyasi tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar hisobiga amalga oshirildi.

Qurilish davomida 350 nafar ishchi-xodimlar faoliyat yuritgan boʻlsa, loyiha ishga tushishi natijasida, tumanda 60 nafar yangi ish oʻrni yaratildi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu investitsiya loyihasi Prezidentimizning 2021-yil 24-iyuldagi PQ-5195-son qaroriga muvofiq davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida amalga oshirilyapti, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.