Xorazm viloyatida umumiy investitsiya hajmi 10 milliard dollardan ziyod bo‘lgan yirik gaz-kimyo loyihasini birgalikda amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Bo‘lajak quvvatlar yiliga 2,5 million tonna mahsulot ishlab chiqarishi va 3 ming ish o‘rni yaratishi kutilmoqda. Loyihani amalga oshirish muddati - 2024-2028-yillar.
Loyiha gaz-kimyo tarmog‘i rivojiga yangi sur’at bag‘ishlaydi va Yangi O‘zbekiston sanoatining flagmanlaridan biriga aylanadi.