XMIlar ishtirokida qurilishi rejalashtirilgan agrologistika komplekslari va mahsulotlarni qayta ishlash loyihalariga ajratilgan yer maydonlarining joylashuvi, elektr, gaz, suv tarmoqlari hamda temiryoʻl va avtomobil yoʻllari infratuzilmasi oʻrganilib, zarur taklif va xulosalar berildi.
Aniqlanishicha, Xorazm viloyatida 2022-yilda 242,2 milliard soʻmlik 45 ta oziq-ovqat korxonasi hamda 33,6 milliard soʻmlik 12 ta zamonaviy sovutkichli omborxona loyihalarini ishga tushirish rejalashtirilgan. Oʻrganishlar natijasida ishchi guruhi tomonidan korxonalarga subsidiya ajratish boʻyicha yoʻl xaritasi tuzildi.
Shuningdek, 2022-2023-yillarda qurilishi hamda ishga tushirilishi rejalashtirilgan agrologistika komplekslarining manzilli dasturi, aniq muddatlari koʻrsatilgan tarmoq jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash belgilab olindi, deb xabar beradi Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati.