O'tkazilgan xotira turnirida, mohir futbolchi Shuhrat Vaisovning oila a'zolari, O'zbekiston “Yoshlik” JTSJ Xorazm viloyati mintaqaviy bo'limi  hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat bo'limi, uning Urganch shahar va Shovot tumani bo'linmasi xodimlari ishtirok etdi.

Unda “Istiqlol” jamoasi birinchi,  “Jayxun” jamoasi ikkinchi, “Binokor” jamoasi esa uchinchi o'rinni egalladi. Turnir so'ngida jamolar vakillariga “Mahalla”  xayriya  jamoat fondi Xorazm viloyat bo'limi, uning Shovot tuman bo'linmasi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg'alar hamda faxriy yorliqlar topshirildi, deb xabar beradi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat bo'limi matbuot xizmati.