Unda Tuproqqalʼa tumani yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi boshligʻi M.R. “D.” MCHJning ish yurituvchisi R.dan jamiyatga tumandagi Gurlan massivi hududidan baliqchilik koʻli tashkil qilish uchun 15 gektar yer maydoni ajratib berish evaziga 20 000 AQSH dollari pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.