Xorazmda Xitoy tajribasi asosida “uy sanoati” rivojlantiriladi

    Hukumat 1 Mart 2024 550

    Bogʻot, Yangiariq, Yangibozor, Qoʻshkoʻpir va Urganch tumanlarida jun va pillani qayta ishlash salohiyati katta, Hazorasp, Xiva, Tuproqqalʼa va Xonqada qoʻl mehnati asosida gilam toʻqish ommalashgan

    Urganch shahridagi Maxsus tibbiyot industrial parkiga 50 million dollarlik 12 ta loyiha joylashtiriladi.

    Yil yakuni bilan farmatsevtika korxonalari sonini 26 taga, mahsulot turini 50 taga yetkazish muhimligi taʼkidlandi.

    Umuman, aytilgan imkoniyatlardan foydalanib, viloyatga 1,5 milliard dollar sarmoya, shundan 1 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilish, 600 million dollar eksportni amalga oshirish vazifasi qoʻyildi.

    Yigʻilishda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 11,5 trillion soʻm kredit yoʻnaltirilishi belgilandi. Bu mablagʻlarni samarali ishlatish uchun har bir tuman va shaharni kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlanadi.

    Xorazmda Xitoy tajribasi asosida “uy sanoati” rivojlantiriladi. Masalan, Bogʻot, Yangiariq, Yangibozor, Qoʻshkoʻpir va Urganch tumanlarida jun va pillani qayta ishlash salohiyati katta, Hazorasp, Xiva, Tuproqqalʼa va Xonqada qoʻl mehnati asosida gilam toʻqish ommalashgan.

    Ushbu tumanlarda ipakchilik va gilamchilik kooperatsiyalari tashkil qilinib, kamida 10 mingta oila oʻqitiladi. Ularga 100 million soʻmgacha garovsiz kredit beriladi. Bu tarmoqqa viloyat boʻyicha joriy yilda qoʻshimcha 100 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.