Yangiariq tumanining Vakillar mahallasida turkiyalik hamkorlar tomonidan bunyod etilayotgan gaz-porshenli elektr stansiyasi voha uchun tamomila yangilikdir.
Umumiy yer maydoni 7 gektarni tashkil qiladigan, qiymati 105 million AQSH dollariga teng bu yirik loyiha toʻliq xorijiy sarmoya hisobiga amalga oshiriladi. Kuniga 175 MVt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega yangi GPES aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlaydi va chekka tumanda elektr tanqisligiga barham beradi.
Eʼtiborlisi, yangi elektr stansiya ishga tushgach, mahallaning ikki yuz nafar yoshlari bu yerda muqim ish bilan taʼminlanadi.
Roʻzimboy HASAN,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri