Bu haqda viloyat hokimining tegishli qarori qabul qilindi.
Mazkur tartib jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish, toʻlovlar shaffofligini taʼminlash, sohaга raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, yashirin iqtisodiyotни qisqartirish hamda elektron toʻlov tizimlaridan foydalanishni ragʻbatlantirishга qaratilgan.
Qarorga muvofiq, birinchi bosqichda 2026 yil 1 iyuldan boshlab SHI-4, SHI-5, SHI-7, SHI-13, SHI-18, SHI-19 va SHI-28 avtobus yoʻnalishlari, shuningdek T1 «Urganch shahri – Xiva shahri» trolleybus yoʻnalishida yoʻlkira haqi faqat elektron toʻlov tizimlari orqali qabul qilinadi.
Ikkinchi bosqichda esa qolgan avtobus va trolleybus yoʻnalishlarida belgilangan tartibda brutto-shartnomalar rasmiylashtirilganidan soʻng naqd pulsiz toʻlov tizimi joriy etiladi. Shundan keyin mazkur yoʻnalishlarda ham yoʻlkira haqi faqat elektron shaklda qabul qilinadi.