Bu haqda Milliy gvardiya qoʻriqlash xizmatining axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan Shovot tumani qoʻriqlash boʻlimi tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari tomonidan holat oʻrganilganda, ehson qutisidagi pullarni oʻgʻrilamoqchi boʻlgan ushbu shaxs Gurlan tumanida yashovchi 33 yoshli M.M. ekan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman IIB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.