Maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinmagan bolalar bilan shakllantirilgan guruhlarda didaktik materiallar, rivojlantiruvchi oʻyin va oʻyinchoqlar, badiiy adabiyotlar bor. Ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda, bolalarning intellektual, maʼnaviy estetik va jismoniy kamol topishi uchun sharoitlar yaratish koʻzlangan.

Guruhlarni yuqori malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash, maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bormaydigan bolalarning ijtimoiy moslashuvini shakllantirish va ularni boshlangʻich taʼlimga tayyorlash asosiy maqsad. Maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini rivojlantirish koʻzlangan, deb xabar beradi Maktabgacha taʼlim vazirligi matbuot xizmati.

Bir mobil guruhi qayta jihozlangan avtobusning koʻzda tutilgan xarakteristikasidan kelib chiqqan holda kamida 16 nafar, koʻpi bilan 30 nafar bolani qamrab olish imkoniyatga ega.