Bu haqda Milliy ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi raisi maslahatchisi Rasul Kusherbayev maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, Ekologiya qoʻmitasi xodimlari tomonidan olib borilgan hisob-kitoblarga koʻra, tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 351 mln 230 ming soʻmni tashkil qilmoqda.

Zarar miqdori koʻpligi sababli tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqiy baho berish uchun prokuratura organlariga yuborildi.