«Xorijda noqonuniy boʻlib turgan fuqarolarimiz borligi bizni tashvishga soladi», – dedi davlatimiz rahbari.

Oʻtgan yili Rossiyada 150 mingdan ziyod fuqaroga “migratsiya amnistiyasi”ni qoʻllashga erishildi. Boshqa mamlakatlarda ham fuqarolarimizga qonuniy asosda ishlashlariga koʻmaklashish, bu borada xorijiy tomonlar bilan muzokaralarni faollashtirish, shu bilan birga fuqarolarimiz ham oʻzlari boʻlib turgan mamlakat qonunchiligi talablariga rioya qilishi lozimligi qayd etildi.

Bundan buyon migratsiya oqimi koʻpayib borayotgan davlatlar, ayniqsa, Yevropada mehnat migrantlari bilan ishlash elchixonalardagi konsullarning asosiy vazifasi boʻlishi belgilandi.

Shuningdek, chet eldagi fuqarolarimizni konsullik hisobiga qoʻyish tartibini yanada soddalashtirish, ortiqcha byurokratiyani qisqartirish topshirildi.