Prezidentning bu boradagi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Unga ko'ra, xorijiy mamlakatlarda o'zbek tili va adabiyoti, madaniyati va tarixini o'rgatishni nazarda tutuvchi «Uzacademy» internet platformasi yaratiladi.
Qayd etilishicha, 2024-yil 1-yanvarga qadar Rossiya, Qozog'iston, Frantsiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Hindiston va Xitoy mamlakatlarining ta'lim va ilmiy muassasalarida «Uzbek Studies» kafedralari faoliyati yo'lga qo'yiladi.
Shuningdek, 2023-yil 1-yanvardan boshlab har yili «Uzacademy» internet platformasi orqali onlayn tarzda hamda «Uzbek Studies» kafedralarda ta'lim olayotgan yoshlar o'rtasida olimpiada, viktorina va musobaqalarda g'olib bo'lganlar uchun “Xush kelibsiz, O'zbekistonga!” dasturi amalga oshiriladi, deb xabar bermoqda Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi matbuot xizmati.