Rossiyada ishlayotgan bir guruh O'zbekiston fuqarolari Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Volgograd shahridagi vakilligiga hujjatlari va oylik maoshlarini olib berishlarini so'rab murojaat qiladi.
Murojaat yuzasidan ish beruvchi bilan muzokaralar o'tkazilib, yurtoshlarimizning pasportlari va 53 ming rubl oylik maoshlari undirib berildi.
Shuningdek, Agentlikning Volgograd shahridagi vakili Bikovo tumanida ishlayotgan O'zbekiston fuqarolari bilan uchrashuvlar o'tkazdi. Uchrashuvlarda fuqarolarimizning ish sharoitlari o'rganilib, migratsiya sohasidagi yangi qaror va qonunchilik normalari, chet elda mehnat qilish uchun yaratilayotgan sharoit va qulayliklar to'g'risida ma'lumotlar berildi.
Shu bilan birgalikda, Rossiya Federatsiyasining ichki va tashqi siyosatiga aralashmaslik, noqonuniy harakatlar va mitinglarda qatnashish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi tushuntirildi.