Xorijdan qaytganlarga 14 kunlik karantin nazorati davrini haqini toʻlagan holda mehmonxonada oʻtkazish huquqi berildi

    Turizm 23 Iyun 2020 1884

    Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan davlatlardan Oʻzbekistonga kirib kelayotgan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida ularning hohishiga koʻra, 14 kunlik karantin nazorati davrini haqini toʻlagan holda mehmonxonada oʻtkazish huquqi berildi.

    Endilikda yuqoridagi toifa davlatlardan Oʻzbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar oʻz xohishiga koʻra 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul taʼminlanadigan karantin markazlarida yoxud haqini toʻlagan holda mehmonxonada oʻtkazishi mumkin boʻladi.

    Fuqarolar karantin nazorati davrini oʻtkazishi mumkin boʻlgan mehmonxonalar roʻyxati Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan shakllantiriladi.

    Fuqarolar karantin nazorati davrini mehmonxonada oʻtkazishda Karantin nazorati davrini mehmonxonalarda oʻtkazishning vaqtinchalik tartibiga qatʼiy rioya etishlari talab etiladi.