Majburiy ijro byurosining Yuqorichirchiq tumani boʻlimi ish yurituvida boʻlgan Fuqarolik ishlari boʻyicha Yuqori Chirchiq tumanlararo sudining sud buyrugʻiga asosan qarzdor I.Mominbekovdan, undiruvchi Sh.Abduvaliyeva foydasiga 2010-yilda tugʻilgan farzandi taʼminoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirish bilan bogʻliq ijro hujjati mavjud.

Boʻlim davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor I.Moʻminbekov 1 nafar farzandi voyaga yetgunga qadar aliment pullarini oldindan toʻlab berish taklifini bergan.

Undiruvchini roziligi bilan davlat ijrochisi tomonidan uning 1 nafar farzandi voyaga yetgunga qadar toʻlanishi lozim boʻlgan summa hisoblanib, jami 89.914.880 soʻm aliment pullari Sh.Abduvaliyeva foydasiga  undirib berilgan.

Shu asosda mazkur ijro hujjati amalda tamomlandi.