Yaqinda Toshkent xalqaro aeroportida Dehliga parvozi oldidan ikki nafar fuqaro Z.F. va X.A.lar oʻrnatilgan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, ularning yonida tilladan yasalgan qoʻl soatlari borligi maʼlum boʻldi.
Asillik darajasini aniqlash uchun oʻtkazilgan ekspertizadan soʻng mazkur tilla soatlarning Davlat asillik darajasi tamgʻasi qalbakilashtirilganligi fosh etildi. Tilla soatlarning umumiy qiymati esa 36 mln. soʻmni tashkil qilmoqda.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida zargarlik tarmogʻini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga binoan 2019-yil 1-iyuldan boshlab jismoniy shaxslarga qiymati 5 000 (besh ming) AQSH dollaridan ortiq boʻlgan tayyor zargarlik buyumlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirgan holda Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi.