Xorijiy bank vakillari bilan moliyalashtirish masalalari boʻyicha muzokaralar olib borildi

    Moliya 5 Iyun 2023 1200

    “Oʻzbekneftgaz” AJ va AQSHning “JPMorgan & Chase Bank” banki vakillari ishtirokida hamkorlikni rivojlantirish va qoʻshma loyihalarni moliyalashtirish yuzasidan aloqalarni yanada kengaytirishga bagʻishlangan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

    Dastlab bank vakillari “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan transformatsiya qilish, gaz qazib olish kabi qator yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalarning bugungi holati va erishilayotgan natijalari bilan tanishtirildi.

    Shuningdek, “JPMorgan & Chase Bank”banki tomonidan kredit loyihalarining riski, loyihani moliyalashtirish boʻyicha EKA (Eksport kredit agentliklari) krediti jarayoni va xalqaro moliyaviy bozorlar boʻyicha maʼlumotlar berildi.

    AQSH banki vakillari “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar uchun savdoni moliyalashtirish boʻyicha oʻz mulohazalarini bildirdi va ushbu loyihani jadallashtirishga kelishildi. Shuningdek, xorijiy bank vakillari bilan xedjirlash va moliyaviy aktivlardagi xatarlarni kamaytirish boʻyicha muzokaralar olib borildi.

    Uchrashuvda “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarga bank tomonidan taklif etiladigan moliyaviy instrumentlar ham muhokama etildi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.