Tadbir ishtirokchilariga yurtimizda zamonaviy inshootlarni qurish va ulardan samarali foydalanishda respublikaning iqtisodiy va texnologik salohiyatini aniq namoyon etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ayni paytda Samarqand viloyatining Urgut tumanida “Oʻzbekiston – SHHT” sanoat zonasini tashkil etish boʻyicha qizgʻin ishlar olib borilayotgani taʼkidlandi.
Mazkur loyihaning ishga tushirilishi SHHT mamlakatlari oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va sanoat hamkorligini yanada chuqurlashtirishga qoʻshimcha turtki beradi.
Xorijiy diplomatlar “Texnopark”da ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari, qurilish materiallari, maishiy texnika turlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, diplomatik korpus vakillari lift va eskalatorlar, maishiy va tijoriy muzlatgichlar, kir yuvish mashinalari, “smart” hisoblagichlar, konditsionerlar, suv nasoslari, qoliplar ishlab chiqarish sexlariga tashrif buyurdi.
“Texnopark” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori S.Ahadov diplomatik missiyalar vakillariga 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori tashkil etilgan mazkur zamonaviy majmua faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, shuningdek, amalga oshirilayotgan va rejalashtirilayotgan loyihalar xususida maʼlumot berdi.
Diplomatlar “Texnopark” MCHJda yaratilgan shart-sharoitlarni yuqori baholagan holda SHHT davlatlari texnoparklari oʻrtasida amaliy, ilmiy va ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish muhimligini alohida qayd etdilar.
Oʻzbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi doirasida tashkil etilgan mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Vladimir Norov ishtirok etdi.