Unga ko‘ra, xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g'risidagi hujjatlarni tan olish uchun testlarni dastlabki bosqichini sinov tariqasida poytaxtimizga yaqin hududlarda o‘tkazish belgilandi. Test o‘tkaziladigan kunlar joriy yilning 18 iyun kunidan, ya'ni bugundan boshlanadi. Imtihon Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi binosida bo‘lib o‘tadi.
Imtihonda «Huquqshunoslik», Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot», «Iqtisodiyot», «Qishloq xo‘jaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish» hamda «O‘qituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar» sohalari bo‘yicha sinov testlari o‘tkaziladi.
Inspektsiya tomonidan imtihonda ishtirok etuvchilar ro‘yxati shakllantirildi. Ushbu ro‘yxatga poytaxtimiz Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatining epidemiologik jihatdan barqaror hududlarida istiqomat qiluvchi talabgorlar kiritilgan. Boshqa talabgorlar uchun sinovlar qachon va qay tartibda tashkil etilishi bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi. Sinovlar karantin qoidalariga qat'iy amal qilgan holda, faqat ro‘yxatdagi talabgorlar ishtirokida o‘tkaziladi.
Shu o‘rinda fuqarolardan kelib tushayotgan arizalar asosida keyingi bosqichlarda epidemiologik vaziyat barqarorlashayotgan hududlarning o‘ziga borgan holda testlarni tashkil etish rejalashtirilmoqda.