Xitoy va Vengriyadagi farmatsevtika kompaniyalari Andijonga kelib, ishlab chiqarishni tashkil qilishga katta qiziqish bildirmoqda.

Mutasaddilarga ushbu mamlakatlarning yirik kompaniyalari bilan kelishuvga erishib, murakkab tarkibli dori va tibbiy buyum ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish choralarini koʻrish topshirildi.

Joriy yildan boshlab chetdan texnolog olib kelish, dorilarni roʻyxatdan oʻtkazish va transport xarajatlari qoplab beriladi.

Taʼlimni ishlab chiqarish bilan bogʻlab, viloyatda farmatsevtika klasterini tashkil qilish zarurligi qayd etildi.