Xorazm viloyat hokimi Farxod Ermanov “InterLek” kompaniyasining MDH davlatlari boʻyicha maslahatchisi Viktor Stepanovich Shein boshchiligidagi Rossiya va Belarus Respublikasining farmatsevtika kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya aʼzolarini qabul qildi.
Delegatsiya tarkibida “Belfarmprom” xoldingi, “Minskinterkaps”, “Ekzon” kompaniyalari, “Belgosproyekt instituti” OAJ va boshqa farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar vakillari bor. Taʼkidlash joiz, mazkur kompaniyalarda ishlab chiqarilgan dori-darmon vositalari MDH davlatlari, shuningdek dunyoning bir qator mamlakatlariga eksport qilinyapti.
Muloqot chogʻida Urganch shahrida infuzion eritmalar, ampula, kapsula va tabletka shaklidagi dori-darmon vositalarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi, deb xabar beradi Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati.