Bugun, 11-fevralda Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markazidan 6 nafar yurtdoshimiz Moskva – Toshkent yoʻnalishidagi charter reys orqali yurtimizga olib kelindi.

Oʻzbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi bilan hamkorlikda olib kelingan yurtdoshlarimiz bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari profilaktik tadbirlarni oʻtkazdi hamda ularga moddiy yordam pullari berilib, doimiy yashash manzillariga kuzatib qoʻyildi.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markazidan joriy yil 23-yanvarda 13 nafar, 4-fevralda 7 nafar yurtdoshimiz yurtimizga olib kelingan edi, deb xabar beradi Tashqi mehnat agentligi matbuot xizmati.