Bunda ularga nisbatan hech qanday choralar koʻrilmaydi, jarima undirilmaydi. Koronavirusning Oʻzbekistonga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 30-iyulidagi qarorida shu haqida bayon qilindi.
Taʼkidlash lozimki, Oʻzbekiston va xorijiy davlatlar oʻrtasidagi avia va avtomobil qatnovlari shu yilning 16-martidan boshlab 10-apreliga qadar vaqtinchalik toʻxtatilgan. Keyinchalik ushbu muddat 5-may,1-iyungacha, soʻng 1-avgustga qadar uzaytirilgan edi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.
Shuningdek xabarda murojaat uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tezkor shtabining (+998712332828, +998 971365151, call center – 1164, telegram: +998971365151) manzillari, hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ishonch telefoni (+998712000088) koʻrsatilgan.