IT-park rezidentlari soni oʻn barobar koʻpayadi, kelgusida 100 ming yangi ishchi oʻrni yaratiladi. Bundan tashqari, uning bazasida xorijiy kompaniyalar uchun Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi yaratilmoqda.
Bu borada Saudiya Arabistonining “Data Volt” kompaniyasi bilan “yashil” energiya asosida ishlaydigan “Maʼlumotlar markazi” barpo etilayotgani taʼkidlandi. Bu mamlakatimizni raqamli iqtisodiyotga oʻtkazish va sunʼiy intellekt asosida texnologiyalarni joriy etishga ulkan turtki bagʻishlaydi