Mazkur korxonaning ikkinchi bosqichi faoliyati ortidan 900 ta yangi ish o'rinlari yaratilgan bo'lib, 115,0 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish orqali yiliga 15,0 ming tonna aralash ip-kalava va 12,0 million p/m mato ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Ushbu loyihani amalga oshirish davomida infratuzilma ob'ektlari uchun byudjet mablag'lari hisobidan 24,0 milliard so'm ajratilgan hamda qurilish-montaj ishlari amalga oshirilgan.
O'tgan 4 yil davomida korxona ishlab chiqargan mahsulotlar Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Janubiy Osiyo, Xitoy va Evropaning 20 dan ortiq davlatlariga eksport qilib kelinmoqda.