Tekshiruvda, “Sh.S.U.” MCHJ rahbari Gʻ.R. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) Xitoy davlatining “SH.B&R.” kompaniyasidan haqiqiy bahosi 40 ming AQSH dollari boʻlgan avtoklavnыy gazobeton ishlab chiqarish uskunasini goʻyoki 300 ming AQSH dollariga sotib olishga kelishib, bankdan ajratilgan 260 ming AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli xorijiy kredit liniyasi mablagʻlarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.