Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida Tojikiston fuqarosi Pulotzoda Umed ta»sischiligida ustav fondi bir milliard so‘m bo‘lgan, asosiy maqsadi hamda faoliyat turi mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish bo‘lgan «KR UMED MINERAL» mas'uliyati cheklangan jamiyati xorijiy korxonasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
«KR UMED MINERAL» mas»uliyati cheklangan jamiyati xorijiy korxonasi ishlab chiqarish binolarini gaz tarmog‘iga ulash bo‘yicha texnik shartlarni olish uchun murojaati ham qabul qilindi. Jamiyat ta’sischisi hamda rahbari Pulotzoda Umedga davlat va xo‘jalik boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni ta’minlaydigan elektron raqamli imzo ham olib berildi.
— Ochig‘i, men O‘zbekistonga boshqacha taassurot bilan kelgandim, — deydi xorijiy tadbirkor Pulotzoda Umed. — Davlat xizmatlari markazidagi yumushlarim va xujjat ishlarim tez va oson bitganligi bois fikrlarim batamom ijobiy tomonga o‘zgardi. E'tibor bergan jihatim — vaqtim zoe ketmadi, davlat xizmatchilari yuz yillik tanishlardek meni qabul qildi. Hammasi bir zumda amalga oshirildi.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, ayni kunlarda Farg‘ona viloyatida 287 dan ortiq xorijiy korxonalar faoliyat ko‘rsatyapti. Joriy yilning 10 oyi davomida 46ta xorijiy korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Baxodir O‘RINBOeV,
DXA Farg‘ona viloyat boshqarmasi
bo‘lim boshlig‘i.