Bugunga qadar mazkur tizim orqali 17 460 nafar yoshning imtihon xarajatlari qoplab berildi va bu qariyb 30,3 milliard so‘mni tashkil qilmoqda.

E’tiborlisi, mazkur tizimda kompensasiya olgan qizlar soni bu safar ham yigitlar sonidan ko‘p. Ayol-qizlarimiz 9 489 nafarni, yigitlar esa 7 975 nafarni tashkil etmoqda.