O’zbekiston Respublikasi Presidentining tomonlaridan ilgari surilgan "mahallabay" ishlash usuli jamiyatdagi ko'plab muammolarni bartaraf etishning eng samarali yo'llaridan biri hisoblanadi. Bundagi asosiy mohiyati fuqarolarni tinglash va ularning muammolarini joyida hal qilishdir. Shu sababli ham bugungi kunda aholi murojaatlari va muammolari barcha sohalar tomonidan samarali ravishda bartaraf etilmoqda.

Endilikda ushbu sohalar qatoriga xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish ham qo’shildi. Agentlikning Samarqand vakilligi viloyatning chekka hududlaridagi mahallalarga borib, aholi murojaatlari bilan tanishib chiqdi. 

Yurtboshimizning “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusi”ning 4-tashabbusining ijrosini ta’minlash bo’yicha har bir mahallada agentlik tomonidan har bir mahallada xorijiy publikatsiyalar (Cambridge English Press, MM Publication) kitoblari bilan jihozlangan kutubxonalari va kitob burchaklari tashkil etilmoqda. Bu mahalladagi uyushmagan yoshlarni o’qish bilan ta’minlaydi va ularning vaqtlarini unumli sarflashlariga davat etadi.

Bundan tashqari, mahallada xorijiy tillarni o’rganish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi, o’qituvchilarni biriktirgan holda maxsus til kurslari tashkil qilish, mahallada xorijiy til savodxonligini oshirishni maqsad qilib til markazlari ochmoqchi bo’lgan fuqarolarga moddiy-ma’naviy ko’mak bildirish ka’bi dolzarb masalalar ko’rib chiqildi.

 

Parviz Subxankulov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy tillarni o‘rganishni

ommalashtirish agentligi Samarqand viloyat vakilligi loyihalar menejeri.