Tanlovda joriy holatga ko‘ra Respublika bo‘yicha 6885 ta maktab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining axborot tizimda ro‘yxatdan o‘tgan.
Tanlovning birinchi (tuman) bosqichida maktab jamoalarining bilimi A,B va C bo‘limlardan iborat 3 ta yo‘nalishda: grammatika, o‘qib tushunish va lug‘at boyligi bo‘yicha sinovdan o‘tkaziladi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha savollar qiyinlik darajasi oddiydan murakkabga tomon CEFR shkalasi bo‘yicha A1 dan C1 darajagacha oshib boradi.
Tuman (shahar) bosqichida umumiy natijalarga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan maktab g‘olib deb topiladi hamda keyingi bosqich (viloyat bosqichi)ga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Bundan tashqari, 1-,2- va 3-o‘rinlarni egallagan maktablar sovrindor deb topilib, mos ravishda 100 million, 75 million va 50 million so‘m miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini bilan mukofotlanadi.