Bugun odamlarga yaqin boʻlish, tez, qulay va sifatli xizmat koʻrsatish Davlat xizmatlari markazi xodimlarining kundalik ish uslubiga aylanib ulgurdi. Aholining markazga kelishini kutmay, chekka va olis hududlarda sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilmoqda. Ayniqsa, Davlat xizmatlari markazi xodimlari tadbirkorlarning yaqin koʻmakchisiga aylanib ulgurdi, desak adashmaymiz.

Shen Shuiren janoblari Yakkabogʻ tumanidan 35 kilometr uzoqlikda joylashgan “Qayragʻoch” MFYda “SHEN GUOQIANG BUILDING MATERIALS” MCHJ (gʻishtni qayta ishlash) xorijiy korxonasini yuritib keladi. Korxona rahbari tuman Davlat xizmatlari markaziga “Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish” xizmati boʻyicha murojaat qilgan edi.

Markaz xodimlari hamda Yakkabogʻ tuman hokimligi Investisiya boʻlimi bilan hamkorlikda tadbirkorga sayyor tartibda davlat xizmati koʻrsatildi. Xorijlik investorga korxonaning tayyor boʻlgan hujjatlari topshirildi. Keyingi jarayonda hujjatlar mazmun-mohiyati bilan toʻliq va batafsil tanishtirildi.

Xorijiy investor sayyor xizmatdan mamnunligini aytib oʻz minnadorchiligini bildirdi.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish mumkinki, Yakkabogʻ tumanida shu kunga qadar aholiga15 mingga yaqin davlat xizmatlari koʻrsatilgan boʻlsa, shundan 300 ga yaqinini sayyor davlat xizmatlari tashkil etadi.