Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy ta'lim muassasalari kirishda davlat granti asosidagi qabul doirasidagi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma beriladi.
Tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:
-kam ta'minlangan oilalardagi xotin-qizlar;
-to'liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya'ni otasi yoki onasi yoxud ularning -ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
-turmush o'rtog'i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg'iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;
-nogiron farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
-2 va undan ortiq farzandini tarbiyalayotgan, qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolg'iz ayollarning qiz farzandlari;
-ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham I yoki II guruh nogironi bo'lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.
Tavsiyanoma olish uchun tuman (shahar) mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limlariga elektron shaklda murojaat qilinadi, deb xabar bermoqda Ogoh.uz