Xovosda prokuratura xodimlari uchun yangi bino foydalanishga topshirildi.

Tadbirda Sirdaryo viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev, viloyat prokurori Shoxrux Aminov va viloyat prokuraturasi Faxriylar Kengashi aʼzolari soʻzga chiqishdi.

Mazkur bino qurilishi Davlat Berdimurotov rahbarligida “Davr” xususiy korxonasi bunyodkorlari tomonidan amalga oshirilgan, bino xalqaro andozalarga mos keladigan, barcha qulayliklarga ega boʻlgan hamda eng soʻnggi anjomlar bilan jihozlangan.

Binoda tuman prokuraturasi bilan birga majburiy ijro byurosi hamda departamentning tuman boʻlimlari ham faoliyat olib borishadi, xonalarga zamonaviy jihozlar, kompyuter jamlanmalari, internet tizimi, kuzatuv kameralari oʻrnatilgan.

Tadbirda viloyat prokuraturasi va Faxriylar Kengashi aʼzolari oʻrtasida prokuratura yosh kadrlarini tarbiyalash, faxriy xodimlar bilan oʻzaro tajriba almashish amaliyotini yoʻlga qoʻyish maqsadida Memorandum imzolandi.

Eng muhimi yangi bino aholi yashash joyiga yaqin va murojaat etib keluvchilar uchun qulay joyda joylashganligidir.