Yurtimizda sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlashga, sohaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanayotgani prokuratura organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Shu maqsadda Xovosda prokuratura xodimlari uchun yangi bino foydalanishga topshirildi. Mazkur bino qurilishi Davlat Berdimurotov rahbarligida “Davr” xususiy korxonasi bunyodkorlari tomonidan amalga oshirilgan, xalqaro andozalarga mos keladigan, barcha qulayliklarga ega va eng soʻnggi anjomlar bilan jihozlangan. Xonalarga zamonaviy jihozlar, kompyuter jamlanmalari, internet tizimi, kuzatuv kameralari oʻrnatilgan.

Binoda tuman prokuraturasi bilan birga, majburiy ijro byurosi hamda departamentning tuman boʻlimlari ham faoliyat olib borishadi. Eng muhimi, yangi bino aholi yashash joyiga yaqin va murojaat qilib keluvchilar uchun qulay joyda joylashganligidir.