Ertaga iliq havo massasining kirib kelishi kuchayadi, kunduz kungi harorat 14-17 daraja iliqgacha, baʼzi joylarda 20-22 daraja iliqgacha koʻtariladi, kechasi biroz sovuq saqlanib turadi. Respublika hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat respublikaning shimoliy hududlariga Volga boʻyi hududlaridan nam havo massasi kirib kelishi prognoz qilinmoqda.

Qoraqalpogʻistonda va Xorazm viloyatida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi.

Yakshanba kuni sovuq havo kirib kelishi mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oladi, ob-havo keskin yomonlashadi. Mamlakatimiz boʻyicha yomgʻir yogʻadi, shimolda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, harorat kunduz kuni 4-9 daraja iliqgacha, shimolda 0-5 daraja iliqgacha pasayadi.

4-6-fevralda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang toʻzon kuzatiladi, jumladan :

4-fevralda Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Navoiy, Toshkent viloyatlarida 18-23 m/s gacha;

5-6-fevralda Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 18-23 m/s gacha, Navoiy, Toshkent, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Yakshanba kuni togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik kuchli boʻlishi mumkin. Togʻli avtomobil yoʻllarda qor uyumlari va koʻrinish yomonlashishi kutilmoqda.