Unda qo‘mita a’zolari, ekspertlar, vazirlik va idora mas’ullari, Yoshlar parlamenti hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Qo‘mita yig‘ilishida «2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2021-yil to‘qqiz oyidagi ijrosi muhokama etildi.
Ushbu masala yuzasidan Moliya vazirligi mas’ullari tomonidan yig‘ilish ishtirokchilari uchun qisqa seminar tashkilib etilib, Davlat byudjeti bo‘yicha qiziqtirilgan savollarga atroflicha javob berildi.
Shuningdek, yig‘ilishda 2021-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun uy-joy xarid qilishning maqsadli parametrlari doirasida olib borilgan ishlar hududlar kesimida ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining maqsadli parametrlariga asosan 2021-yil davomida respublika bo‘yicha jami 757 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun uy-joy xarid qilish belgilangan. Ushbu uylar uchun jami 120 mlrd 687 mln so‘m mablag‘ respublika hamda mahalliy byudjetdan ajratilishi rejalashtirilgan.
Yig‘ilish davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi mas’ullari hamda xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashi kotibiyatlari mudirlari, shuningdek hududlardagi bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyatlari mudirlari so‘zga chiqib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha axborot berdilar.
Muhokamalar jarayonida senatorlar hamda ekspertlar tomonidan mazkur masala yuzasidan fikr mulohazalar bildirilib, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda doimiy parlament nazorati o‘rnatilishi qayd etildi.
Yig‘ilish so‘ngida qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.