22-sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:10 da Rossiyaning Yamal aviakompaniyasiga tegishli  Airbus A321 samolyoti Urganch xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.

Samolyot Moskva — Urganch — Moskva yo‘nalishi bo‘yicha 208 nafar yo‘lovchini olib keldi. An’anaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.

Moskvadan Urganchga muntazam qatnovlar haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Yamal" aviakompaniyasi Namangan va Samarqandni Moskva bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar orqali bog‘lagan edi.