Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi ekspertlarni akkreditatsiya qilish boʻyicha.
Reglamentga koʻra, ariza beruvchi DXMga bevosita yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali elektron murojaat qiladi.
- Ariza beruvchilar oliy maʼlumotga, pedagogika, yoshga oid psixologiya va fiziologiya, bolalar psixiatriyasi sohalarida bilimlarga (diplom yoki sertifikatga) ega boʻlishi kerak.
- Soʻrovnoma toʻldirilib, 7 ish kunida oʻrganib chiqiladi.
- Ariza beruvchini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingach, talabgor 1 kun ichida akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.
- Ekspert akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisida guvohnoma 5 yil muddatga beriladi.
Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha.
Reglamentga koʻra, ariza beruvchi buning uchun DXMga bevosita yoki YAIDXP orqali elektron murojaat qiladi.
- Soʻrovnoma toʻldiriladi hamda vakolatli organ (Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) 15 ish kunida ariza beruvchini attestatsiyaga qoʻyish yoki qoʻyilmasligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
- Vakolatli organ attestatsiya guruhi shakllanishiga qarab talabgorlarni attestatsiyadan oʻtkazadi (5–10 ta savoldan iborat ogʻzaki suhbat).
- Attestatsiyada qatnashishdan chetlashtirilgan talabgor 6 oy davomida keyingi attestatsiyalarga qoʻyilmaydi.
- Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari har 3 yilda attestatsiyadan oʻtadi.
Mazkur davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.