Bu haqda Xonobod shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan oʻtayotgan yigʻilishda taʼkidlandi.
Viloyatning eng faol yoshlari oʻz tengdoshlariga murojaat yoʻllab, ularni bilim olish, kasb va til oʻrganish, sanʼat va sport bilan faol shugʻullanishga chorlashlari taklif qilindi.
Prezident Andijonda yoshlar rassomchilik, kulolchilik va haykaltaroshlik yoʻnalishida ijod qilishlari uchun sharoit yetarli emasligini qayd etdi.
Shu bois “Yangi Andijon” massivida Amaliy sanʼat ijodkorlari markazi barpo qilinadi.