Tashrif davomida Qoʻmita aʼzolari investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar, shuningdek MIZ rezidentlari, direksiyalari, shuningdek, davlat soliq va bojxona qoʻmitalari vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdilar.
Muloqotlar davomida tadbirkorlarni tashvishga solayotgan mavjud muammolar atroflicha muhokama etildi. MIZ direksiyalari tomonidan yaratilgan ish sharoitlari va koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini baholash uchun investorlar oʻrtasida anonim soʻrov oʻtkazildi. Xususan, qator soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash xususida turlicha qarashlar va noaniqliklar eng dolzarb va zudlik bilan izoh talab qiladigan masala ekanligi qayd etildi.
Oʻrganish davomida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi sifati va ulardan foydalanish imkoniyati bilan bogʻliq muammolar hali ham saqlanib qolayotganligi, investitsiya buyurtmalarini vakolatli organlar tomonidan koʻrib chiqish jarayoni choʻzilib ketishi, yangi investorlarni jalb qilish boʻyicha MIZ strategiyasining yoʻqligi aniqlandi.
Uchrashuvlar davomida bildirilgan muammolar Qoʻmita tomonidan tayyorlanayotgan parlament soʻrovida aks etiriladi.