Eng qizigʻi, globallashuvning ijobiy tomoni xalqlarning, davlatlarning milliy madaniyati va iqtisodiyotlari yaqinlashuvini taʼminlaydi. Yurtimizning rivojlanish salmogʻiga “Harakatlar strategiyasi” bosqichma-bosqich oʻz samarasini berib, xalq manfaatlarini inobatga olib kelayotgan boʻlsa, yangi Oʻzbekistonning yangi strategiyasi yangicha mexanizmlarni belgilashda har tomonlama asos va dasturulamal boʻlishi koʻzda tutilgan.
Birinchi yoʻnalish, yaʼni erkin fuqarolik:
Erkin fuqarolik jamiyatni rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish inson qadr-qimmati va uning qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar yangi pogʻonaga koʻtariladi. Ushbu yoʻnalish orqali Prezidentimizning “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan tamoyili kelib chiqadi.
Bundan tashqari, adolat va qonun ustuvorligi xalqchil davlat qurish inson qadr-qimmatini taʼminlashning eng asosiy va zaruriy sharti boʻladi, deya nomlanuvchi ikkinchi yoʻnalish ham huquqiy islohotlar samaradorligi bilan birga inson qadr-qimmatini nazarda tutadi. Harakatlar strategiyasi asosida dastlabki besh yil ichida ushbu yoʻnalish boʻyicha har yili Oliy sudga 448 milliard Adliya vazirligiga, 130 milliard 378 million soʻm, Sudyalar oliy kengashiga, 18 milliard 709,7 million soʻm, Konstitutsiyaviy sudga, 3 milliard 766,4 million soʻm ajratilganligi “Dunyo siyosat jamiyat” nomli statistik manba tasdiqlaydi. Davlat byudjeti tomonidan mana shuncha summa ajratilganligining asosiy mezonlari ham xalq manfaatlariga inson qadr-qimmatiga asosiy eʼtibor qaratilgani dalilidir.
Uchinchi yoʻnalish hisoblangan milliy iqdisodiyotni uning oʻsish suratlarini zamon talablari darajasida rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri boʻladi. Ushbu yoʻnalishni hisobga olgan holda har yili davlat byudjetidan 27 trillion 588 milliard 740,1 million soʻm ajratiladi.
Toʻrtinchi yoʻnalish boʻlgan adolatli ijtimoiy siyosat yuritish yoʻnalishi ham insonning insonligi uchun xizmat qiluvchi eng asosiy mezon hisoblanadi. Bu esa insonlarning tengligi prinsipini belgilab berishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.
Beshinchi yoʻnalish hisoblangan maʼnaviy-maʼrifiy islohotlar, Madaniyat vazirligiga berilgan ishonch, yaʼni 746 milliard 516,2 million soʻm yillik byudjetdan ajratilganligi ushbu yoʻnalish mamlakat taraqqiyotidagi yaqqol poydevor ekanligini isbotlaydi.
Oltinchi yoʻnalish iqlim oʻzgarishlari, ekologiya muammolarini inobatga olib, asosiy eʼtiborni Orol muammosiga qaratadi, turli ofatlarning oldini olishga urgʻu beradi va bu yuzasidan ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish davlat qoʻmitasi 19,9 milliard 916,2 million soʻm ajratilganligi ham bu yoʻnalishga qaratilgan eʼtiborning samarasini beradi.
Yettinchi yoʻnalish tinchlik, xavfsizlikni taʼminlash xalqaro hamkorlikni taʼminlash yoʻnalishi yurtimiz osoyishtaligini taʼminlashda asosiy rol oʻynaydi. Chunki tinchlik-totuvlik boʻlmagan joyda rivojlanish boʻlmasligi ayni haqiqat.
Xulosa oʻrnida shuni aytish lozimki, yangi Oʻzbekistonning “Taraqqiyot strategiyasi” yangi maqsad yoʻlidagi poydevordir.
Bobur ASHRAPOV,
Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi
universiteti, podpolkovnik