Yangi maskanda ulkan rejalar bilan!

    Keyingi avlod 22 Fevral 2021 995

    Namangan viloyatining Davlatobod tumanida qad rostlagan "Yoshlar kutubxonasi"da "Yoshlar press klubi"ning navbatdagi sessiyasi o'tkazildi.

    Ochiq muloqot tarzida o'tkazilgan uchrashuvda viloyat hokimi, sektor rahbarlari, Madaniyat, Xalq ta'limi hamda Mehnat va bandlik vazirligi vakillari, yoshlar ishtirok etdi. Yoshlarning fikr va g'oyalari tinglanib, takliflari qo'llab-quvvatlandi.

    Press klub yakunlangandan so'ng viloyat hokimi yoshlar bilan norasmiy va do'stona ruhda muloqot qildi.

    "Yoshlar press klubi"ning Namangan yoshlari bilan o'tgan sonini yaqin kunlarda "O'zbekiston24" va "MY5" telekanallarida tomosha qilish mumkin.