Yangi poyezdlarining sozlash ishlari yakunlangach, eng koʻp yoʻlovchilar oqimiga ega boʻlgan Chilonzor yoʻnalishiga uchta harakat tarkib oʻz ishini boshladi, deya xabar beradi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning axborot xizmati.

Qolgan yana ikkita metro poyezdi yaqin orada ushbu yoʻnalishda aholi xizmatida harakatlanadi. Yaqinda boʻlib oʻtgan brifingda taʼkidlanganidek, endi Chilonzor yoʻnalishida ertalabki tigʻiz vaqtda soat 07:30 dan 9:00 gacha poyezdlar orasidagi interval 3 daqiqani va kechqurungi tigʻiz vaqtda 16:30 dan 19:30 gacha 4 daqiqani tashkil etilmoqda.