Jumladan, Byuroning Yangi Namangan tuman boʻlimi tomonidan olib borilgan majburiy harakatlar davomida “Namangan Bioservis” maʼsuliyati cheklangan jamiyatidan 20 nafar ishchi-xodimning salkam 207 mln. soʻm ish haqlari undirib berilishiga erishildi.

Masalan, fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan tumanlararo sudining buyrugʻida koʻrsatilganidek, Gʻanijon Yulchiyevga toʻlanmagan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha 17 mln. 502.224 soʻm miqdorida qarzdorlik mavjud edi. Amalda ijro hujjati tamomlandi. MIB viloyat boshqarmasining taʼkidlashicha, bunday jarayonlar muntazam davom etmoqda.