Unda Markaziy bank tomonidan yaratilgan mazkur elektron dasturiy taʼminotning texnik imkoniyatlari hamda davriy hisobotlarni avtomatlashtirishdagi ahamiyatiga toʻxtalib oʻtildi.

Xususan, birlamchi bozordan koʻchmas mulk va transport vositalarini taʼminot sifatida olish jarayonida ipoteka va garov toʻgʻrisidagi shartnomalarni rasmiylashtirish tartiblari tushuntirildi. Shu bilan birga, garovdagi mol-mulkka nisbatan tijorat banklari tomonidan garov reyestri elektron sayti orqali onlayn taqiq qoʻyish va yechish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Seminar-treningda ipoteka krediti ajratilgan, doimiy ish va daromad manbaiga ega boʻlmagan mijozlarning bandligini taʼminlash mexanizmini amalga oshirishda tijorat banklariga tegishli tavsiyalar berildi.

Interfaol shaklda oʻtgan tadbir ishtirokchilarga tajriba almashish va tegishli takliflar berish imkoniyatini yaratdi, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.