Shu sababli poytaxtning Mahtumquli—Ohangaron shohkoʻchasidan, Yangi Oʻzbekiston—4P12 yoʻli kesishgan chorrahasigacha soat 19:00 dan 22:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklanadi.
Qayd etilishicha, faqatgina bayram tadbirlari va mushakbozlikka tashrif buyuruvchi mehmonlar Yangi Oʻzbekiston koʻchasi boʻylab harakatlanishlari mumkin.
- Toshkent viloyati tomondan — Yuqori Chirchiq, Quyi Chirchiq, Oʻrta Chirchiq tumanlari hamda Parkent tumanidan tashrif buyuruvchi mehmonlar 4R12 yoʻli boʻylab Sharq YPX maskani orqali poytaxtga kirishlari tavsiya etiladi.
- Boʻstonliq, Gʻazalkent va Qibray tumanlaridan tashrif buyuruvchi mehmonlar Chirchiq shahri orqali Yuzrobod koʻchasi boʻylab Temur Malik koʻchasi orqali poytaxtimizga kirishlari tavsiya etiladi.